13:53 / 18.10.2015
3417

Cherkov Kemeronni ko‘proq qochqin qabul qilishga chaqirdi

Angliya cherkovlari yepiskoplari Buyuk Britaniya bosh vaziri Devid Kemeronga yo‘llagan maktublarida 2020 yilga qadar mamlakat qabul qiladigan qochqinlar miqdorini 50 mingga yetkazishni so‘rashdi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.
Murojaatnomani 84 yepiskop imzoladi. Hujjat nusxasi OAVga taqdim etildi.
Ilgariroq Britaniya hukumati ko‘rsatilgan davrda 20 ming qochqin qabul qilish majburiyatini o‘z zimmasiga olgan edi.

Top