00:19 / 18.10.2015
4175

Denis Istomin Tashkent Challenger musobaqasi g‘olibi bo‘ldi

Toshkentda 17 oktabrda mukofot jamg‘armasi 125 ming dollar bo‘lgan, Professioonal tennischilar uyushmasining Tashkent Challenger 2015 xalqaro musobaqasi o‘z yakuniga yetdi.

Musobaqaning finalida O‘zbekistonning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin slovakiyalik Lukash Latsko ustidan 6:3, 6:4 hisobida g‘alaba qozonib, bosh mukofotni qo‘lga kiritdi.

O‘zbekiston tennis federatsiyasi saytida ma'lum qilinishicha, Istomin o‘z hisobiga 125 ball reyting bahosi yozib qo‘ydi va 18 ming dollar mukfot puli oldi. U Toshkent chellenjyer musobaqasi o‘tkazilayotgan 8 yil davomida ushbu musobaqani 2 marta yutgan yagona tennischi bo‘ldi.

Juftlik bahslari finalida Mixail Yelgin (Rossiya)–Sergey Betov (Belarus) juftligi ikki setda bir xil 6:4 hisobi bilan Andre Begemann (Germaniya)–Artem Sitak (Novaya Zelandiya).juftligi ustidan g‘alaba qozondi.

Top