18:44 / 19.10.2015
7485

Toshkent tojikistonlik ovchilarga nisbatan qurol qo‘llanganini inkor qildi

O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati davlat chegarasini muhofaza qilish qo‘mitasi matbuot xizmati 2015 yil 16 oktabr kuni o‘zbekistonlik chegarachilar tojikistonlik ovchilarga qarshi qurol qo‘llanganliklarini inkor qildi.

Ilgari Tojikiston tomonining xabar qilinishicha, voqea natijasida 2 nafar fuqaro o‘ldirilib, 3 nafari yaralangan edi.

“Ayrim internet saytlarida bu haqda chop etilgan axborot haqiqatga mos kelmaydi”, - deyiladi tarqatilgan matbuot xabarnomasida.
Ta'kidlanishicha, o‘zbekistonlik xizmatchilar qurol qo‘llamagan, shuningdek, davlat chegarasining buzilgani qayd qilinmagan.

“2015 yilning 16 oktabrida soat 21:30da Tojikistonning Panjakent uchastkasi bo‘yicha chegara vakili 14 oktabr kuni ikki Tojikiston fuqarosi ovga chiqib, qaytib kelmaganini xabar qildi. U O‘zbekiston hududining tegishli uchastkasini tekshirishni so‘radi. Tekshiruv chog‘ida davlat chegarasi buzilishining belgilari topilmadi, tojikistonlik hamkasblar bundan ogohlantirildi”, - xulosa qilindi matbuot xizmatining xabarnomada.

Top