16:53 / 19.10.2015
3138

Turkiya YeI qochqinlar muammosiga yana pul yo‘naltirishiga umid qilmoqda

Turkiya prezidenti Ahmat Dovudo‘g‘li YeI rahbariyatiga murojaat qilib, migratsion inqiroz yechimiga ko‘proq pul yo‘naltirishni talab qildi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.

Bundan tashqari, Anqara YeI har yili moliyalashtirish dasturini qayta ko‘rib chiqishiga umid qilmoqda.

“Birinchi bosqichda biz 3 mlrd haqida gapirmoqdamiz. Ammo biz bunda to‘xtab qolmaymiz, negaki talablar o‘zgarishi mumkin, shuning uchun yordam dasturi har yili qayta ko‘rib chiqilishi lozim”, - ta'kidladi Dovudo‘g‘li.

Top