16:40 / 19.10.2015
4811

Yanukovich Ukraina ustidan inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudiga arz qildi

Ukrainaning sobiq prezidenti Viktor Yanukovich inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudiga Ukraina davlati ustidan “uning huquqlari ko‘p marotaba buzilgani” ko‘rsatilgan da'vo arizasi bilan chiqdi. Bu haqda Angliyaning Joseph Hage Aaronson LLP advokatlik firmasi tarqatgan matbuot xabarnomasidan ma'lum bo‘ldi.

“Prezidenti Yanukovich inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudiga murojaat qilib, Ukraina uning huquqlarini bir necha marotaba buzganligini ma'lum qildi. Murojaatida u suddan inson huquqlari bo‘yicha Yevropa konvensiyasida ko‘zda tutilgan huquqlari buzilganligini tan olishni so‘raydi; bular sirasiga adolatli sud ajrimi huquqi, uning hayotiga bo‘lgan suiqasdlarni samarali taftish qilish va xavfsizlik huquqi, siyosiy maqomi va fikri uchun diskriminatsiya qilinmaslik huquqi kiradi”, - deyiladi xabarnomada.

Sobiq davlat rahbarining manfaatlarini himoya qilayotgan advokatlik firmasi “Ukraina sudlari mustaqil bo‘lmay, davlatning oliy mansabdor shaxslari ta'siridan ozod emas” deb da'vo qilmoqda.

Top