08:50 / 20.10.2015
8965

Istanbulda O‘zbekiston va Tojikistondan 24 nafar balog‘atga yetmagan bola IShID jangariligiga tayyorlangan

Anqarada 10 oktabrda uyushtirilgan terakt bilan bog‘liq holda Istanbulda 18 oktabrda o‘tkazilgan reydda O‘zbekiston va Tojikistondan 24 nafar balog‘atga yetmagan bola IShID jangariligiga tayyorlangan markaz yo‘q qilindi. “Vatan” nashrining yozishicha, bolalar radikal islomchilik va IShIDdagi turmush tarziga o‘rgatilgan. Markazda, shuningdek, jangovor mashg‘ulotlar o‘tkazilgan.

Turkiyaning Hurriyet nashrining ma'lum qilishicha, markaz Istanbulning Osiyo qismida joylashgan Pendik tumanidagi turar-joy uylarining yerto‘lasida joylashgan bo‘lgan.

Operatsiya davomida jami 53 nafar o‘zbekistonlik va tojikistonlik fuqaro qo‘lga olindi, ulardan 29 nafar katta yoshdagilar aksilterrorchilik idorasiga yetkazilgan, 18 yoshgacha bo‘lgan 24 nafar o‘smir politsiyaning balog‘atga yetmaganlar ishlari bo‘yicha bo‘limiga joylashtirilgan.

Turk politsiyasining ma'lumotlariga ko‘ra, markazda tayyorgarlikdan o‘tgan guruh Suriya va Iroqda IShID safiga qo‘shilishi kerak bo‘lgan.

Top