Jamiyat | 16:30 / 20.10.2015
4237
1 daqiqa o‘qiladi

Novosibirsklik haydovchi Ikkinchi Jahon urushi faxriysini urib, xo‘rladi

Rossiyaning Novosibirsk viloyatida taksopark xo‘jayini o‘z manzilini unutib qo‘ygan Ikkinchi Jahon urushi ishtirokchisi bo‘lgan qariyani urib xo‘rlagani gumon qilinmoqda. Bu haqda viloyat prokuraturasida xabar qilingan.

"Bizdagi ma'lumotlarga ko‘ra, Novosibirskdagi taksopark xo‘jayini bo‘lgan 46 yoshli shaxs sentabr oyidagi kunlardan birida, kunduz vaqtida taksopark hududida yo‘lovchilardan biri bilan janjallashgan. Bu yo‘lovchi qayoqqa borishini bilmayotgan 91 yoshli urush faxriysi bo‘lgan", deyiladi xabarda.

Ma'lum qilinishicha, jabrlanuvchi Ikkinchi Jahon urushi ishtirokchisi va II guruh nogironi edi.

"Janjal vaqtida zo‘ravon urush faxriysining boshiga zarba bergan va mashinasiga minib jo‘nab ketgan", deyiladi xabarda.

Suzunsk tumani prokurori vazifasini bajaruvchi Ivan Vetoshkin ushbu hodisa bo‘yicha RF JKning 116 moddasi bo‘yicha jinoiy ish ochilishini ma'lum qilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish