Jahon | 13:47 / 20.10.2015
3606
1 daqiqa o‘qiladi

Oktyabr oxirida Nazarboyev Qatarda bo‘ladi

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev 25-26 oktabr kuni Qatarga tashrif buyuradi. Bu haqda Qozog‘iston milliy iqtisodiyot vazirligi Yerbo‘lat Do‘sayev qatarlik hamkasbi Shayx Ahmad bin Jazm al-Taniy bilan o‘tkazilgan uchrashuvda aytib o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, bugun Doxada Qozog‘iston-Qatar hukumatlararo komissiyasining 4-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Nazarboyevning tashrifi chog‘ida imzolanadigan ikki tomonlama kelishuvlar loyihalari muhokama qilindi.

Shuningdek, Do‘sayev Qatar tashqi ishlar vaziri Xolid bin Muhammad al-Attiyya bilan uchrashdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish