21:29 / 20.10.2015
4200

O‘zbekiston Milliy bog‘ida BMT vakillari ishtirokida ekobog‘ barpo etildi

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘ida O‘zbekiston Ekologik harakati va BMTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamkorligida ekobog‘ yaratishga bag‘ishlangan ekologik aksiya o‘tkazildi. Bu haqda UzA muxbiri xabar qilgan.

Tadbirda deputatlar, BMTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi xodimlari, Ekoharakat faollari ishtirok etdi.

O‘zbekiston Ekologik harakati O‘zbekistonda yashil hududlarni kengaytirish, tashlandiq yerlarni obod qilib, ekobog‘lar tashkil etishga alohida e'tibor qaratmoqda. Bugungi kunda O‘zbekistonning turli hududlarida tashkil etilgan, umumiy maydoni qariyb 120 gektardan iborat yigirma beshdan ziyod ekobog‘ga o‘ttiz ming mevali va manzarali ko‘chat ekilgan.

"Ekologik aksiya doirasida 400 tupdan ortiq manzarali daraxt ko‘chati ekildi. Bunday ekobog‘lar yurtimiz ko‘rkiga ko‘rk qo‘shadi, atrof-muhitni muhofaza qilishda muhim ahamiyat kasb etadi", deyilgan xabarda.

Top