21:09 / 21.10.2015
3667

Bektemirda 700 dollar o‘g‘irlagan yo‘lto‘sar qo‘lga olindi

Toshkent shahrining Bektemir tumanida 700 dollar o‘g‘irlagan yo‘lto‘sar qo‘lga olindi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Aytilishicha, toshkentlik Umar ismli fuqaro kechki payt uyiga qaytayotganida noma'lum shaxs unga ortdan hujum qilib, telefoni va 700 dollar pulini olib qochib ketgan. Jabrlanuvchi tegishli idoralarga murojaat qilgan. Buning natijasida o‘ylto‘sar tezda qo‘lga olingan.

O‘g‘ri Sirg‘ali tumanida istiqomat qiluvchi 32 yoshli Mirazam degan shaxs bo‘lib chiqdi.

Top