07:18 / 21.10.2015
6477

Ramzon Qodirov: IShID o‘zining imkoniyatlarini ko‘rsatish uchun Chechenistondan foydalanishi mumkin

IShID terrorchilik guruhi o‘zining imkoniyatlarini ko‘rsatish uchun Chechenistondan foydalanishga harakat qilishi mumkin, deb aytdi Checheniston rahbari Ramzon Qodirov respublika ichki ishlar vazirligi hay'ati majlisida. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi ma'lum qildi.      

Qodirovning aytishicha, xavfsizlikni ta'minlash respublika rahbariyati va huquq-tartibot muassasalari uchun ustuvor vazifa bo‘lib qolmoqda. 

Qodirov huquq-tartibot muassasalarini e'tiborni oshirishga chaqirdi.

“Biz “Iblis davlati”ning birorta banditi ham mintaqaga kirmasligi uchun bizga bog‘liq barcha ishni amalga oshirishga majburmiz”, deb aytdi Qodirov.

Avvalroq Ramzon Qodirov terrorchilar uchun o‘lim jazosi kiritilishini qo‘llab-quvvatlashini aytgan edi. 

Top