Jahon | 09:46 / 22.10.2015
4946
1 daqiqa o‘qiladi

Ekspert: Asadning Moskvaga tashrifi uning o‘ziga ishonchi balandligidan dalolat

Suriya prezidenti Bashar Asadning Moskvaga tashrifi va Rossiya yetakchilari bilan uchrashuvi uning o‘ziga ishonchi balandligidan, ya'ni o‘z pozitsiyalarining mustahkamligiga ishonayotganligidan dalolat beradi.

Bu haqda Vudro Vilson nomidagi Vashington ilmiy-tadqiqot markazi prezidenti o‘rinbosari Aaron Devid Miller aytib o‘tdi. “Uch hafta muqaddam Rossiya Suriyada o‘z harbiy operatsiyasini boshlaganidan buyon u Yaqin Sharqqa kuchli ta'sir o‘tkazishiga ishonmoqda va shunga harakat qilmoqda”, - deb yozdi ekspert The Wall Street Journal nashriga mo‘ljallangan maqolasida.

Uning fikricha, Rossiyada AQShda yo‘q uch narsa bor: Eron, Iroq kabi ittifoqchilar, Asadga bevosita ta'sir o‘tkazish imkoniyati hamda aniq bajarilayotgan vazifalar, ya'ni Suriya prezidentini qo‘llab-quvvatlash va IShIDga qarshi kurash.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish