Jahon | 21:51 / 22.10.2015
4011
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya harbiy-koinot kuchlari o‘tgan kun mobaynida IShIDning Suriyadagi 72ta obektiga zarba berdi

Rossiya harbiy aviatsiyasi o‘tgan kun davomida Suriyada 53ta parvoz amalga oshirib, IShID jangarilarining 72 ta obektiga zarba berdi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligining rasmiy vakili general-mayor Igor Konashenkov ma'lum qildi.

“O‘tgan kun davomida Su-24, Su-25SM samolyotlari ekipaji 53 ta parvoz amalga oshirib, Hama, Idlib, Lataqiya, Damashq, Halab va Dayr-az-or viloyatlarida terrorchilarning 72 ta obektiga zarba berdi”, deb aytdi “Rossii 24” telekanali efirida Suriyadagi “Xmeymim"” aerodromidan Konashenkov.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish