11:15 / 23.10.2015
2792

Mazda o‘t oldirish tizimidagi nosozlik sababli dunyodagi 4,9 mln avtomobilni chaqirib oladi

Yaponiyaning Mazda avtokonserni butun dunyodagi 4,9 mln avtomobili, jumladan, AQSh bozoridagi 1,2 mln mashinani o‘t oldirish tizimidagi yong‘in kelib chiqishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan nosozlik sababli qaytarib oladi. Bu haqda AR agentligi xabar qildi.

Mazda kompaniyasining xabar qilishicha, AQShda 1986-1998 yillar davomida ishlab chiqarilgan Protege, MX-3 va MX-6 modellari zavoddan nosoz holda chiqqan bo‘lib, o‘t oldirish tizimidagi elektr simlarining tutashuvi yong‘inni keltirib chiqarishi mumkin.
Barcha chaqirib olingan avtomobillar bepul ta'mirlab beriladi.

Mazda xabariga ko‘ra, kompaniya ayni shu nosozlik sababli AQShda sodir bo‘lgan avariya haqida ma'lumotga ega emas. Boshqa mamlakatlarda esa 13ta shunday holat qayd etilgan, hodisadan hech kim jabr ko‘rmagan.

Top