10:43 / 23.10.2015
8337

Putin: Agar IShID jangarilari Damashq va Bag‘dodni qo‘lga olishsa ular rasmiy hukumatga aylanishardi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin “Valday” xalqaro klubida chiqishi paytida shuni ma'lum qilib o‘tdiki, agar “Iroq va Shom islom davlati” terrorchilik tashkiloti Damashq va Bag‘dodni qo‘lga olishsa, ular rasmiy hukumat maqomini olishar edi.

“Bu holat keng ko‘lamli ekspantsiyaga zamin yaratgan bo‘lar edi. Kimdir bu haqda o‘ylaydimi yoki yo‘q?” — dedi u.

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, xalqaro hamjamiyat u “Butun insoniyatning, sivilizatsiyaning hamda jahon madaniyatining dushmanlariga qarshi kurashayotganini bilishlari kerak”.

Top