10:59 / 23.10.2015
5610

Qozog‘istonlik chegarachilar 121 nafar o‘zbekistonlik noqonuniy muhojirni qo‘lga olishdi

22 oktabr kuni O‘zbekiston va Qozog‘iston chegarasida o‘tkazilgan reyd davomida Qozog‘iston migratsiya qonunchiligini buzgan 121 nafar o‘zbekistonlik qo‘lga olindi. Bu haqda Qozog‘iston Chegara xizmati matbuot xizmati ma'lum qildi.

Ma'lum qilinishicha, "Qoplonbek-avto" chegara nazorat o‘tkazish punktida O‘zbekiston fuqaroligiga ega bo‘lgan 92 kishi qo‘lga olingan. Bu shaxslar Qozog‘iston hududida bo‘lish muhlatini o‘tkazib yuborishgani aytilgan.

Qo‘lga olinganlar orasida Qozog‘iston qonunchiligini buzish bo‘yicha "rekordchilar" borligi qayd etilgan. 4 nafar o‘zbekistonlik 150 kun davomida Qozog‘iston hududida noqonuniy ravishda bo‘lishgani aniqlangan.

Shuningdek, "Jibek jo‘li-avto" chegara nazorat o‘tkazish punktida 29 nafar o‘zbekistonlik muhojir qo‘lga tushgan. Ular ham Qozog‘iston hududida bo‘lish muhlatini o‘tkazib yuborishgan.

Qonunbuzarlar ma'muriy javobgarlikka tortilgan.

Top