Jahon | 19:03 / 25.10.2015
3671
1 daqiqa o‘qiladi

Mariupoldagi saylov muvaffaqiyatsizlikka uchradi

Ukrainaning Donetsk viloyati, Mariupoldagi saylov uchastkasi mahalliy vaqt bilan soat 08:00da ochilmadi. Bu haqda "112" telekanali ma'lum qilgan.

"Mariupolda saylovlar boshlanmadi. Saylovning bo‘lib o‘tmasligi bo‘yicha yangiliklar tarqalgan. Saylovchilar esa saylov uchastkalarida kutib turishibdi. Hozirda Mariupoldagilar MSKning qarorini kutishmoqda", deyiladi xabarda.

25 oktabrga o‘tar kechasi Mariupol hududiy saylov komissiyasi MSKga saylovlarni 15 noyabrga ko‘chirishni so‘rab, murojaat qilgandi. Bunga sabab sifatida byulletenlarning yaroqsizligi keltirilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish