Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 16:02 / 26.10.2015
2269
1 daqiqa o‘qiladi
Turkiyadagi YTHda 5 nafar qirg‘izistonlik jabr ko‘rdi
Turkiyaning Kemer shahrida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida Qirg‘izistonning 5 nafar fuqarosi jarohat oldi. Bu haqda Haberler sayti xabar bermoqda.
Aytilishicha, 24 oktabr kuni Antalyaning Kemer shahrida mikroavtobus ag‘darilgan. Uning ichida bo‘lib, jarohat olgan 12 kishidan 5 nafari qirg‘izistonliklar edi. Ularning bari mahalliy mehmonxonalardan birida ishlar edi.
Jarohat olganlarning 2 nafari og‘ir ahvolda ekanligi aytilmoqda.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish