20:54 / 27.10.2015
5973

KUN.UZ dayjesti: 27 oktabrda ro‘y bergan eng qiziqarli xabarlar

Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 27 oktabr kuni ro‘y bergan eng qiziqarli voqealar haqidagi xabarlarni takroran havola etamiz.

Nyu-Jyersidagi xiyobonga kelgan ayiq 1 kunni daraxt shoxlarida o‘tkazdi>>

Nyu-Jyersi shtatining Morristaun shahridagi xiyobonga kelib qolgan ayiq, daraxtga chiqib olib, jamoatchilikning e'tiborini o‘ziga qaratdi.

iPhone smartfonining barcha avlodi suvga chidamlilik borasida sinovdan o‘tkazildi>>

Videobloger Zak Streli iPhone smartfonining barcha avlodini birma-bir suvda chidamlilik borasida sinovdan o‘tkazdi. U ishini iPhone 2G smartfonidan boshlab iPhone 6S smartfoni bilan yakunladi. Tadqiqotchining natijalari haqda SlashGear ma'lum qildi.

“Yandeks” jurnalistlarni robotlarga almashtiradi>>

Yandeks internet-portali o‘z axborot agentligini ishga tushirmoqchi, unda yangiliklarni muxbir va jurnalistlar emas, avtomatik algoritmlar tayyorlaydi.

LG Display eng yirik TV-ekran sotuvchisiga aylandi>>

LG Display jahon bozorida o‘z mahsulotlari bilan yetakchilikni qo‘lga kiritdi, deb xabar bermoqda Yonhap agentligi.

Toyota Tokio avtosalonida xavfsizlik yostiqchasidan yasalgan mashinalarni namoyish etadi>>

Toyota konsernining bo‘limi hisoblanmish avtomobil qismlari ishlab chiqaruvchi Toyoda Gosei kompaniyasi Tokioda bo‘lib o‘tadigan avtosalonda o‘zining Flesby kontsept-kari bilan ishtirok etadi. Prototipning eng asosiy xususiyati uning butun bir kuzovi, piyodalarga xavf solmaslik maqsadida xavfsizlik yostiqchalaridan yasalgan.

Isroillik uchuvchilar “aqlli” shlemlar bilan ta'minlanadi>>

F-16I qiruvchi samolyotida parvoz qiluvchi isroillik uchuvchilar samolyotning holati haqida ma'lumot beruvchi “aqlli” shlemlar bilan ta'minlanadi. Bu haqda Defense Aerospace nashri ma'lum qildi.

Jahonda geni o‘zgartirilgan organizm mahsuloti iste'moli tufayli birinchi qurbon berildi>>

Jahonda geni o‘zgartirilgan organizm mahsuloti iste'mol qilish oqibatida birinchi qurbon qayd etildi. Ispaniyalik Xuan Pedro Karlos pomidor yedi va unda birdan allergiya reaksiyasi boshlandi.

Xitoy navbatdagi besh yillik reja haqida maroqli videolavha orqali hikoya qilib berdi>>

Xitoyning “Sinxua” axborot agentligi maxsus animatsion rolik yaratib, u orqali iqtisodiy rivojlanish besh yilliklarining 13-bosqichi qanchalik zarur ekanligini asoslab berishga intildi. Videolavha YouTube servisida joylashtirildi.

Peterburg sudi “VKontakte” tarmog‘idagi MDK guruhini man qildi>>

Peterburgning Smolninsk tuman sudi “VKontakte” ijtimoiy tarmog‘idagi MDK guruhidagi axborotga chiqishni cheklash haqida qaror qabul qildi. Bu haqda TASS agentligi xabar bermoqda.

Avstraliya politsiyasiga uloqcha ishga olindi>>

Yetim qolgan Bokschi laqabli uloqcha Avstraliya politsiyasiga ishga olindi, deb xabar beradi Mashable portali. U Yangi Janubiy Uels politsiyasining qutqaruv operatsiyalari va bombalarni zararsizlantirish bo‘linmasi xodimi sifatida “faoliyat” yuritmoqda.

Tojikistonda ulkan qovun shakli ko‘rinishidagi choyxona qurildi>>

Tojikiston poytaxti Dushanbe shahridan 20 km masofadagi Hisor shahrida ko‘rinishi ulkan qovunni eslatadigan choyxona ochildi.

Honda 2020 yildan haydovchisiz mashinalar chiqarishni boshlaydi>>

Yaponiyaning Honda Motor Co kompaniyasi 2020 yildan boshlab avtomatik boshqaruvdagi avtomobillarni bozorga chiqarishini ma'lum qildi. Bu haqda Kyodo News agentligi xabar bermoqda.

Video: Jurnalist yangiliklar o‘qish paytida zilzila tufayli efirni tark etishga majbur bo‘ldi>>

Afg‘onistonning Kobul shahrida faoliyat ko‘rsatadigan Ariana Television Network (ATN) telekanali xodimi yangiliklar o‘qishni boshlagan vaqtda zilzila tufayli ishini tashlab, ekrandan yo‘qoldi.

Pokistonda bombabardosh qamoqxona qurildi>>

Pokistonning Haybar-Pahtunhva viloyatida bomba zarbalariga dosh beruvchi og‘ir tartibdagi koloniya qurildi. 14 oktabr kuni Mardon shahrida ochilgan qamoqxonada o‘ta xavfli jinoyatchilar saqlanadi.

“Kassini” zondi Entselad shleyfidan rekord darajadagi pastlikda o‘tadi>>

28 oktabr kuni “Kassini” kosmik zondi Saturnning Entselad tabiiy yo‘ldoshining suv shleyfidan rekord darajadagi pastlikda o‘tadi. Bu haqda NASA agentligining sayti orqali xabar berildi.

Kamchatkadagi vulqon otilishi oqibatida havoga 7,5 km lik kul ustuni ko‘tarildi>>

Rossiyaning Kamchatka o‘lkasida Shiveluch vulqoni otilishi oqibatida havoga dengiz sathidan 7,5 km balandlikka yetadigan kul ustuni ko‘tarildi, deb xabar bermoqda “Interfaks” axborot agentligi.

AQShda "Tepki" laqabli kuchuk o‘z xo‘jayinini otib qo‘ydi>>

O‘tgan haftada Indiana shtati shimolida o‘rdak ovlab yurgan 25 yoshli Elis Karter noxush voqeaga yo‘liqdi.

Dubay politsiyasi shahar aholisining baxtlilik darajasini o‘rganadi>>

Dubay shahri politsiyasi hududda yashovchi o‘zini baxtsiz deb hisoblaydigan aholiga telefon qilib buning sabablari bilan qiziqib ko‘rishi mumkin. Bu haqda The Independent nashri xabar tarqatdi.

Top