Jahon | 18:05 / 27.10.2015
2936
2 daqiqa o‘qiladi

NYT: Obama jinoiy qonunchilik islohotlarini o‘tkazishni rejalashtirmoqda

Seshanba kuni AQSh prezidenti Barak Obama Chikago shtatida huquqni muhofaza qiluvchi organlar bo‘lib o‘tgan uchrashuvda jinoiy qonunchilik tizimini qayta ko‘rib chiqish zarurati haqida gapirdi. Bu haqda The New York Times gazetasi yozmoqda.

Obamaning fikricha, amaldagi tizim samarador emas. Jumladan, zo‘ravonlik va qotillikka qo‘l urmaydigan ko‘plab giyohvand moddalar sotuvchilarining qamoqda saqlanishi adolatsizlikdir. Prezident tegishli tashkilotlarni jiddiy jinoyatlar sodir etganlarga ko‘proq diqqat qaratishga chaqirdi.

Nashrda ta'kidlanishicha, bunday pozitsiyani liberallar ham, konservatorlar ham birday qo‘llab-quvvatlaydi.

Senat ishlab chiqayotgan yangi qonunchilik aktlaridan ko‘zlangan asosiy maqsad sudyalarga hukm chiqarishda ko‘proq vakolatlar berish hamda zo‘ravonlik va qotilliklar sodir etmagan jinoyatchilarga nisbatan qo‘llanadigan qattiq jazo turlarini imkon qadar kamaytirishdir.
Shuningdek, prezident uchrashuv davomida Chikagoda qotilliklar sonining oshishi munosabati bilan o‘z xavotirini bildirib, qurol savdosini jiddiy nazorat ostiga olishni taklif qildi.