Jahon | 16:58 / 27.10.2015
18216
3 daqiqa o‘qiladi

Osiyo janubidagi zilzila: Talofatlar fotosuratlarda

Afg‘onistonda 26 oktabr kuni 7,5 balli yer qimirlashi sodir bo‘ldi. Uning ta'siri O‘rta Osiyoning boshqa respublikalarida ham sezildi. Ko‘plab shahar va qishloqlarda aholining uylari, maktablar va boshqa binolar shikastlandi.

Zilzila markazi Afg‘oniston poytaxtidan shimoli-sharqiy tomonga 259 km uzoqlikda Hindukush tog‘larida, o‘chog‘i 190 km chuqurlikda bo‘ldi.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Afg‘oniston, Pokiston va Hindistonda jami 350 kishi halok bo‘lgan.

1. Pokistonning Svat vodiysi. Mingor bu vodiydagi aholi eng zich yashovchi hududlardan biri. Devorlar qimirlashni boshlaganda tashqariga chiqishga ulgurmaganlar qulagan devorlar ostida qolishdi.

2. Pokistonning Peshavor shahri. Zilzila tugagach, uning oqibatlarini bartaraf etish uchun maxsus xizmatlar kelishini kutib o‘tirishmadi. Kishilar jarohatlarni qo‘llarida ko‘targan holda shifoxonalarga eltishni boshlashdi.

3. Pokiston, Peshavor. Zilzila tufayli mashinalar ham yaroqsiz holatga keldi.

4. Pokiston, Peshavor. Ota o‘zining jarohatlangan o‘g‘lini yelkasida ko‘tarib, shifoxonaga olib ketmoqda.

5. Peshavordagi uylarning aksar qismi yer bilan bitta bo‘ldi.

6. Mingordagi shifoxonada qonga belangan kishining jarohatlarini bog‘lashmoqda.

7. Zilzila tufayli Hindistonning Jammu va Kashmir shtatidagi Srinagar shahrida yo‘llar buzilib, harakat to‘xtab qoldi va tirbandlik yuzaga keldi.

8. Hindiston, Srinagar. Hindistonlik haydovchi xavfli hududni tark etmoqchi, lekin uning mashinasi yurmayapti.

9. Afg‘oniston, Jalolobod. Jarohatlangan qizchani shifoxonaga olib ketishmoqda.

10. Qurbonlar orasida Afg‘onistonning Tahor viloyati maktablardan birida, evakuatsiya vaqtida yuz bergan tiqilinch tufayli qurbon bo‘lgan 12 nafar o‘quvchi qiz ham bor. Yana 30 qiz shifoxonaga yotqizilgan. Yer silkinishi boshlanganidan keyin, maktab binosidan qochib chiqmoqchi bo‘lganlar soni ko‘p bo‘lgan va kuchli tiqilinch yuz bergan.

11. Tahordagi maktabdagi evakuatsiyadan keyin maktab hududidan oyoq kiyimlari yig‘ishtirib olindi.

13. Afg‘onistonning Panjsher viloyatidagi Bazarak shahrida yashovchi kishi zilzila tufayli vayron bo‘lgan uyida.

14. Afg‘oniston, Kobul. Savdogar zilzila tufayli o‘ziga yetgan moddiy zararni hisoblab chiqmoqda.