O‘zbekiston | 10:36 / 27.10.2015
3144
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda infrastruktura rivojlanishiga 54.5 mln dollar ajratiladi

O‘zbekiston hukumati 19 oktabrda qabul qilingan qarorida besh yillik muddatda milliy infrastrukturani rivojlantirish dasturini tasdiqladi. Unga ko‘ra, 2020 yilga qadar mamlakatda bu yo‘nalishga 54.5 mln dollar ajratiladi.

Dastur o‘z ichiga modernizatsiya, tajriba va o‘lchov laboratoriyalarini texnik qayta ta'minlash, ishlab chiqarish jarayonida sifat nazorati bo‘yicha umumiy qiymati 53.5 mln dollar bo‘lgan 216 loyihani oladi.

“O‘zstandart” agentligining tajriba va sertifikatsiya bo‘yicha hududiy markazlariga tegishli 12 tajriba laboratoriyalarining xalqaro darajada akkreditatsiya qilinishiga 1 mln dollar sarflanadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish