Jahon | 17:49 / 27.10.2015
8058
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya mudofaa vazirligi Suriyada harbiy xizmatchilardan biri muhabbat tufayli o‘zini-o‘zi o‘ldirganini ma'lum qildi

Rossiya mudofaa vazirligi Suriyada bo‘lib turgan shartnoma asosidagi harbiy xizmatchilardan biri halok bo‘lganini tasdiqladi. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar tarqatmoqda.

«Shartnoma asosidagi harbiy xizmatchi, Xmeymimdagi aviabazada texnik mutaxassis sifatida ishlab kelgan askar navbatchilikdan keyin dam olish vaqtida o‘zini o‘zi o‘ldirgan», — deyiladi vazirlik ma'lumotida.

Hozirgi vaqtda mazkur masala yuzasidan tergov surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Taxminiy talqinlarga ko‘ra, mudofaa vazirligi harbiyning telefonidagi SMS-xabarnomalari tekshirib ko‘rgan. O‘limga askarning o‘z sevgilisi bilan munosabatlarida qandaydir muammo sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.

Oldinroq, Rossiya prezidenti Vladimir Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov Kremlga Suriyadagi harbiy xizmatchilardan birining o‘limi haqida xabar kelmaganini ta'kidlab o‘tgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish