19:24 / 27.10.2015
4403

Stavropol o‘lkasida 2 yoshli bola pitbul tishlaridan halok bo‘ldi

Rossiyaning Stavropol o‘lkasida 2 yoshli bola pitbulterer zotiga mansub itlarning tishlaridan o‘lim topgani bo‘yicha tekshiruv olib borilmoqda.

Ma'lum qilinishicha, hududdagi xususiy uylardan biri hovlisidan badanida it tishlaridan qolgan izlar bor 2 yoshli bolaning jasadi aniqlangan.

Tergov ma'lumotlariga ko‘ra, 23 oktabr kuni Petrovsk tumanidagi Orexovka qishlog‘idagi uyda yashovchi ayol o‘zining 2 yoshli o‘g‘lini uxlatib, katta farzandini maktabdan olib qaytish uchun yo‘l olgan. Bola esa uyg‘onib, ko‘chaga chiqqani va unga kuchuklar hujum qilib, o‘ldirishgani taxmin qilinmoqda.

Uyga qaytgan ona o‘g‘lining jasadiga duch kelgan.

Ayni vaqtda ushbu voqea bo‘yicha tekshiruv olib borilmoqda va protsessual qaror qabul qilinishi kutilmoqda.

Top