20:27 / 28.10.2015
6285

KUN.UZ dayjesti: 28 oktabr, Dunyo xabarlari

Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 28 oktabr kuni jahonda ro‘y bergan eng asosiy yangiliklarni takroran havola etamiz.

BMT: Suriyadagi gumanitar yordamga muhtoj kishilar soni 13,5 mln nafarga yetdi>>

Suriyadagi gumanitar yordamga muhtoj kishilar soni 1,2 mln. nafarga oshdi va umumiy hisobda 13,5 mln ga yetdi. Bu haqda gumanitar masalalar bo‘yicha BMT bosh kotibi yordamchisi Stiven O'Brayyen Xalqaro xavfsizlik tashkilotining kengashidagi nutqida bayon qilgan.

Reuters: Amerikalik general Suriya va Iroqda minglab eronlik harbiylar borligi haqida xabar qildi>>

AQShlik harbiylar Suriya va Iroqda Eronning harbiy harakatlari haqida ma'lum qilishdi, deb xabar bermoqda Reuters.

Latviyaga AQSh armiyasining tarkibida 17 ta zirhli texnikasi bo‘lgan kolonnasi yetib keldi>>

Latviyaning Adaji harbiy bazasiga AQShning 17 ta zirhli texnikadan iborat kolonnasi yetib keldi. Bu haqda Latviya Mudofaa vazirligining jamoatchilik bilan aloqalar departamenti rahbari Kaspars Galkins TASS axborot agentligi muxbiriga ma'lum qildi.

Pentagon Janubiy Xitoy dengizida operatsiya o‘tkazilganini tasdiqladi>>

AQSh mudofaa vaziri Eshton Karter AQSh harbiy kemalari oxirgi kunlarda Janubiy Xitoy dengizida operatsiya o‘tkazganini tasdiqladi.

Isroillik arab paraplanda IShID jangarilari yoniga uchib ketdi>>

23 yoshli Isroilda yashovchi arab millatiga mansub yigit Nida Saloh Suriyadagi “Shahodat al-Yarmuk” terrorchilik guruhi tomonidan bosib olingan hududga  paraplanda uchib ketdi. The Telegraph nashrining xabar berishicha, yigit Isroil armiyasi nazoratida bo‘lgan Golan tepaliklari ustidan uchib o‘tgan. “Shahodat al-Yarmuk” IShID tarkibiga kiradi. 

Tojikiston va Qirg‘iziston bahsli hududlar bilan o‘zaro almashmoqchi>>

Tojikiston va Qirg‘iziston ikkala davlat chegaralaridagi bahsli xududlarni demarkatsiya (chegara chiziqlarini qayta tortish, belgilarni o‘rnatish) va delimitatsiya (tuzilgan kelishuv bo‘yicha davlat chegarasini belgilash va uni xaritaga tushirish) muammolariga nuqta qo‘ymoqchilar, deb xabar berdi Tojikiston xukumatidagi manba.

Yaponiya Qozog‘istondagi AES qurilishiga qiziqish bildirmoqda>>

Yaponiya Qozog‘istonda atom elektr stansiyasi qurilishida ishtirok etishga qiziqish bildirmoqda. Bunday fikrni Yaponiya bosh vaziri Shindzo Abe Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan Oqo‘rdada bo‘lib o‘tgan uchrashuv yakunlari bo‘yicha aytib o‘tdi.

Eron Suriya bo‘yicha muzokaralarda ishtirok etish uchun taklif qilindi>>

Eron hukumati birinchi marta Suriya bo‘yicha xalqaro muzokaralarda qatnashish uchun taklif qilindi, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi.

Putin MDH davlatlari xavfsizlik xizmatlari rahbarlari bilan uchrashadi>>

O‘zbekiston delegatsiyasi MDHga a'zo davlatlar xavfsizlik organlari va maxsus xizmatlari rahbarlari Kengashining 39-yig‘ilishida ishtirok etadi.

Qozog‘iston YeI bilan hamkorlik shartnomasini imzolaydi>>

Qozog‘iston Yevropa Ittifoqi rahbariyatining rasmiy tashrifini kutmoqda. Aytilishicha, ushbu tashrif doirasida kengaytirilgan hamkorlik va aloqalar to‘g‘risidagi kelishuv imzolanadi. Bu haqda mamlakat prezidenti Nursulton Nazarboyev ma'lumot berdi.

Rossiya maxsus xizmatlari rahbari IShID tahdidi tufayli MDH chegaralarini mustahkamlashga chaqirdi>>

Rossiya federal xavfsizlik xizmati rahbari Aleksandr Bortnikov MDH, birinchi navbatda Markaziy Osiyo davlatlari chegaralarini mustahkamlab, IShIDga birgalikda qarshi turishga chaqirdi.

Obama AQSh politsiyasini “balogardonlar” deb atadi>>

Payshanba kuni Chikago shtati politsiyasiga murojaat qilgan AQSh prezidenti Barak Obama milliy ozchiliklar vakillariga diqqat-eʼtibor qaratgan taqdirlarida zo‘ravonlik jinoyatlarining miqdori kamayishiga erishishlari mumkinligini ta'kidladi. Bu haqda USA Today nashri yozmoqda.

Siyosatshunos: AQSh Markaziy Osiyoni yo‘qotishdan qo‘rqadi>>

Kecha AQSh Davlat departamenti tarqatgan axborotga ko‘ra, 29 oktabr kuni davlat kotibi Jon Kerri rejadan tashqari Markaziy Osiyo turnesini o‘tkazib, mintaqa davlatlari tashqi ishlar vazirlari bilan S5+1 formatida uchrashuvlar o‘tkazadi.

Atambayev Qirg‘iziston hukumatini iste'foga chiqarish to‘g‘risidagi farmonini imzoladi>>

Qirg‘iziston Respublikasi prezidenti Almazbek Atambayev «QR Hukumatini iste'foga chiqarish to‘g‘risida»gi Farmonga imzo chekdi, deya xabar bermoqda KirTAG nashri mamlakat rahbari matbuot xizmati bergan ma'lumotlarga tayanib.

Neft narxida yana o‘sish kuzatilmoqda>>

AQShdagi Kushinge terminalida neft zaxirasining kamayishi haqidagi xabarlardan keyin jahon bozorida neft narxida o‘sish kuzatilgan. Bu haqda Bloomberg agentligi xabar bermoqda.

Yevropa va Markaziy Osiyoda biznes muhiti yaxshilanmoqda>>

Oxirgi yil davomida Yevropa va Markaziy Osiyoning 90 foiz davlatlarida tadbirkorlik muhitini yaxshilashga qaratilgan islohotlar o‘tkazildi. Bu haqda Jahon bankining biznes yuritish sharoitlarini o‘rganish bo‘yicha guruhi tayyorlagan yillik hisobotida ta'kidlandi.

Qozog‘iston va Yaponiya o‘rtasida 1.5 mlrd dollarlik shartnomalar imzolanadi>>

Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abening Qozog‘istonga rasmiy tashrifi munosabati bilan o‘tkaziladigan Qozog‘iston-Yaponiya biznes-forumida umumiy qiymati 1.5 mlrd dollarga teng jami 14 hujjat imzolanadi.

Die Zeit: Angela Merkel chek daftarchasisiz hech kim emas>>

Yevropadagi migratsion inqiroz Germaniya kansleri Angela Merkelning “dunyodagi eng qudratli ayol” va “Yevropaning eng qudratli siyosatchisi” qabilidagi imijini yo‘qqa chiqardi, deb hisoblaydi Die Zeit nashri.

"Barselona" Messiga rad qilib bo‘lmas taklif bilan chiqmoqchi>>

"Barselona" Lionel Messi o‘z tarkibida faoliyatining oxirigacha qolishini istamoqda.

OAV: Slutskiy "Chelsi"da Mourinoni almashtirishi mumkin>>

Ispaniyadagi jurnalistlar Moskvaning TsSKA jamoasi bosh murabbiyi Leonid Slutskiyni "Chelsi"ning navbatdagi bosh murabbiyiga aylanishi mumkinligi haqida xabar tarqatishmoqda.

Yangi Ravon Nexia komplektatsiyalari haqida ma'lumotlar oshkor bo‘ldi>>

Rossiya bozori uchun mo‘ljallangan yangi Ravon Nexia markasi haqida batafsil ma'lumotlar paydo bo‘ldi. Bu haqda Avto mail.ru» nashri xabar tarqatmoqda.

Yevropa Ittifoqi hududida 2017 yilga borib rouming bekor qilinadi>>

Yevropa parlamenti Yevroittifoq hududida 2017 yilga borib rouming tugatilishi haqida yakuniy ovoz berdi, deb ma'lum qilmoqda Techradar.

Yaponiya poytaxtida Tokyo Motor Show 44-avtosaloni ochildi>>

Bugun, 28 oktabr kuni Tokio shahridagi Odayba sun'iy orolida joylashgan Big Sight ko‘rgazma zalida Tokyo Motor Show 2015 44-avtosaloni ochildi. Yaponiya va boshqa davlatlarning 30dan ortiq avtomobilsoz kompaniyalari unda o‘zlarining oxirgi yutuqlarini taqdim qiladi.

Top