14:18 / 28.10.2015
3832

Meizu Pro 5 kuz mavsumining eng samarali smartfoni deb topildi

Smartfon va gadjyetlar samaradorligiga baho berish borasida dunyodagi eng ommabop loyihalardan biri – AnTuTu dasturchilari 2015 yilning oktabr oyi holatiga ko‘ra eng samarali 10ta smartfon ro‘yxatini tuzib chiqdi. Reytingning birinchi pog‘onalaridan Samsung kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan Exynos 7420 protsessori bilan ta'minlangan uskunalar egalladi. Qolgan o‘rinlarni esa Qualcomm kompaniyasining Snapdragon 810 protsessori o‘rnatilgan gadjyetlar band qildi.

E'tiborlisi, reytingni 14 nanometrli texnologiya asosida ishlab chiqarilgan 8 yadroli  Meizu Pro 5 smartfoni egalladi. Birinchi beshtalikdan Galaxy Note 5, Galaxy S6 edge+, Galaxy S6 va Galaxy S6 edge uskunalari joy oldi. Sohaga oid OAVlarning yozishicha, Meizu yetakchilikka 1920×1080 pikselli displeyi evaziga erishdi. Bu paytda Samsung smartfonlarini 2560×1440 pikselli panellar bilan qurollantirib, samaradorlik ro‘yxatida bir oz pastladi.

Ikkinchi beshtalikda esa 8 yadroli Snapdragon 810 protsessorlar o‘rnatilgan smartfonlar o‘rin egalladi. Bular – Le 1 Pro, Le Max, Xperia Z5, Mi Note Pro  va OnePlus 2.

Top