Merkelni Gitler bilan tenglashtirgan yevrodeputat jarimaga tortildi
Yevroparlament deputati, italiyalik Janluki Buonanno 3 ming yevro jarima to‘laydi va 10 kunga ishdan chetlashtiriladi. Bunga uning yig‘ilishga Germaniya kansleri Angela Merkelni haqoratlovchi futbolka kiyib kelgani sabab bo‘ldi.
Deutsche Welle nashrida yozilishicha, oktabr oyidagi majlislardan biriga Buonanno Angela Merkelga Gitlerning "qo‘ng‘iz mo‘ylovi" o‘rnatilgan surat ifodalangan futbolka kiyib kelgan.
U majlis vaqtida Yevroparlament rahbari Jan-Klod Yunkerning chiqishini bo‘lib qo‘yib, ustidagi kostyumini yechgan va shu Merkel xonimni haqoratlovchi futbolkada paydo bo‘lgan hamda Germaniyaning qochqinlar masalasidagi siyosatiga noroziliklarini bayon etgan.
Qayd etilishicha, Buonanno Italiyadagi o‘ngchilar partiyasi bo‘lmish "Shimol ligasi" a'zosi hisoblanadi.