00:22 / 29.10.2015
3390

MDH maxsus xizmatlari xalqaro terrorizm bo‘yicha ma'lumotlar almashishni faollashtiradi

MDH davlatlari maxsus xizmati boshliqlari xalqaro terrorizm bo‘yicha ma'lumot almashishni faollashtiradi va shu masalada internet monitoringi olib borishni takomillashtiradi. Bu haqda Rossiya federal xavfsizlik xizmati ma'lum qilgan.

"Zamonaviy yo‘nalishlarda xalqaro terroristik harakatlar bo‘yicha ma'lumotlar almashishni faollashtiriladi hamda ekstremizm propagandasi va g‘oyaviy manbalarga qarshi internet monitoringi olib borishni yanada takomillashtiriladi", — deyiladi manbada.

Dastur MDH davlatlari xavfsizlik organlari va maxsus xizmatlari rahbarlari yig‘ilishidan so‘ng qabul qilingan.

Top