08:22 / 29.10.2015
4829

Turkiya Kurdiston muxtoriyati tuzilishiga qarshi harbiy harakatlar boshlamoqchi

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an kurdlar tomonidan Suriya shimolida, Turkiyaning janubi-sharqiy chegaralari yaqinida muxtoriyat tuzilishiga qarshi barcha zarur choralar ko‘rilishini ma'lum qildi.

"Turkiya bunga hech qanaqasiga yo‘l qo‘ya olmaydi. Biz kurdlar davlati tuzilishiga qarshi barcha ishni qilamiz", deydi prezident.

Kurdlar Tell-Ab'yard shahri atrofida yangi viloyat tuzgani ma'lum qilinganidan keyin bayonot berib, bu Turkiya uchun tashvishli xabar ekanini bildirgandi va bunga qarshi harbiy harakatlar boshlanishi haqida aytib o‘tgandi.

Top