17:20 / 29.10.2015
2704

Xaver Maskerano sud tomonidan soliqlarni to‘lamaganlikda ayblandi

Ispaniyaning «Barselona» futbol klubi himoyachisi Xaver Maskerano sud tomonidan soliqlarni to‘lamaganlikda aybdor deb topildi. Bu haqda Fox Sports nashri xabar tarqatdi.

Manbaning yozishicha, sud majlisi Barselona provinsiyasiga qarashli Gava munitsipalligida bo‘lib o‘tgan.

Tergovchilar tomonidan taqdim etilgan ma'lumotlarga ko‘ra, Maskerano 2011 yildan 2012 yilgacha bo‘lgan davr mobaynida hokimiyatdan o‘zining obrazidan foydalanish huquqini sotishdan tushgan daromadini yashirgan va taxminan 1,5 mln yevro miqdorida soliqlarni to‘lamagan.

Prokuraturaning tasdiqlashicha, sentabr oyida mazkur mablag‘ qo‘shimcha jarima sifatida 200 ming yevro miqdorida tovon pulini ham to‘lab bergan. Ispan matbuotining yozishicha, bu keyinchalik Maskerano aybdor deb topilgan taqdirda unga qo‘l kelishi mumkin bo‘ladi.

Top