16:54 / 29.10.2015
6378

Xitoy oilalariga ikki farzand ko‘rishga ijozat berildi

Xitoy Kommunistik partiyasi mamlakatdagi oilalar ikki farzandni dunyoga keltirib, tarbiyalashlari mumkinligini e'lon qildi. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.

Mazkur qaror XXR siyosatshunoslarining sezilarli darajada liberallashayotganidan dalolat beradi, deyiladi xabarda.

Keyingi 35 yil davomida Xitoy oilalariga faqatgina bitta bolaga ega bo‘lishga ijozat berilar edi ("Bir oila - bir farzand" siyosati). Ko‘pbolalik esa qattiq soliqlar bilan jazolanardi.

Natijada, Xitoyda hozirda erkaklarning ayollarga nisbati 125/100 darajaga yetib borgan.

Qayd etish kerakki, Pekin aholisi ikki nafar farzandli bo‘lish huquqini 2013 yilda qo‘lga kiritgan.

Top