06:34 / 30.10.2015
3855

Dushanbega MDH davlatlari bosh vazirlari Kengash yig‘ilishida ishtirok etgani kelmoqdalar

MDH davlatlari delegatsiyalari Tojikiston poytaxti Dushanbega MDH bosh vazirlarlari Kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etish uchun kelmoqdalar, yig‘ilish bugun, 30 oktabrda bo‘lib o‘tadi.     

Xususan, Dushanbega Ozarboyjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Rossiya delegatsiyalari mamlakat bosh vazirlari boshchiligida tashrif buyurishlari kutilmoqda. O‘zbekiston va Turkmaniston delegatsiyalariga bosh vazir o‘rinbosarlari boshchilik qiladi. Yig‘ilishga shuningdek Ukrainaning Tojikistondagi elchisi ham taklif etilgan.      

Yig‘ilish dasturiga ko‘ra, yig‘ilish ishtirokchilarini 30 oktabrda ertalab Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon qabul qiladi. Uchrashuvdan keyin ishtirokchilar kun tartibiga kiritilgan masalalarni avval tor, keyin kengaytirilgan tarkibda muhokama qiladilar. Yig‘ilish yakunlariga ko‘ra matbuot-anjuman bo‘lib o‘tadi.

MDH ijroiya qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, Dushanbeda 40 ta hujjat loyihasi ko‘rib chiqilishi rejalashtirilmoqda. 

Xususan, ishtirokchilar moliyaviy, ijtimoiy, huquq-tartibot va gumanitar sohalardagi hamkorlikni chuqurlashtirish bo‘yicha fikrlar almashadilar hamda Erkin savdo hududi haqidagi kelishuvning bandlari bajarilishini muhokama qiladilar.

Shuningdek, MDHning 2020 yilgacha mo‘ljallangan Iqtisodiy taraqqiyot strategiyasining uchinchi bosqichi hamda Yoshlar hamkorligi strategiyasi, MDH davlatlari jismoniy tarbiya va sportini rivojlantirish strategiyasini amalga oshirish rejalari qabul qilinadi. 

Shuningdek, 2016 yilda MDH tashkil qilinganining 25 yilligini nishonlashga bag‘ishlangan tadbirlar rejasini tasdiqlash kutilmoqda. 

Top