16:04 / 30.10.2015
4421

London ulkan masjid qurilishini qat'iy ravishda inkor etdi

Buyuk Britaniya hukumati o‘n yildan beri muhokama etib kelinayotgan London sharqida yirik masjid qurish bilan bog‘liq masalaga yakuni yasadi, masjid qurilmaydigan bo‘ldi. Bu haqda Evening Standard gazetasi yozmoqda.

“Vazirlar 30 oktabr kuni London okruglaridan biri Nyuemda yirik masjid qurilishiga ruxsat berishmadi”, — dedi Britaniya hukumati vakili.
Ibodatxonaning inkor etilishiga sabab etib, yangi bino tuman infraqurilmasi ko‘rinishiga jiddiy zarar yetkazadi hamda qurilajak yangi turar-joy binolari bunyod etishga halaqit qiladi, deb ko‘rsatilingan.

Abbey Mills Mosque masjidini Britaniya poytaxtining sharqida joylashgan Nyuem okrugida bunyod etish rejalashtirilgan edi. OAVlarda uni norasmiy ravishda “mega-masjid” deb nomlashgandi. Chunki unda bir vaqtning o‘zida 11 ming nafar dindor ibodat qilishi mumkin edi. Masjid agar quriladigan bo‘lsa, Yevropadagi eng katta masjid deb hisoblanardi. Uning maydoni Vatikandagi Muqaddas Pyotr sobori maydonidan uch karra kattaroq bo‘lardi.

Top