10:22 / 30.10.2015
3990

Markaziy Osiyo mutaxassislari zilzila tahdidlarini kamaytirish masalasini muhokama qilmoqda

27-28 oktabr kunlari zilzila tahdidlarini kamaytirish bo‘yicha Markaziy Osiyo forumi o‘tkazildi. Bu haqda Jahon banki bayonotida aytildi.

Tadbir Jahon banki guruhi tomonidan tashkil qilindi.
Forumda 70dan ortiq siyosatchilar, ekspertlar hamda O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Turkmaniston hukumatlari vakillari ishtirok etdi.

Shuningdek, ilmiy-tadqiqot institutlari, universitetlar xodimlari, xalqaro ekspertlar, OAV vakillari tadbirda qatnashdilar.
Tadbirdan ko‘zlangan maqsad mintaqada zilzilalarning oldini olish hamda favqulodda vaziyatlarda samarador harakat qilish uslublarini ishlab chiqish masalalarini muhokama qilish bo‘ldi.

Top