Jahon | 10:13 / 30.10.2015
11896
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoylik admiral AQShni ehtimoliy urush haqida ogohlantirdi

Xitoy Xalq Respublikasi Harbiy dengiz kuchlari admirali U Shenli amerikalik admiral Jon Richardson bilan telekonferensiya doirasida AQShning Janubiy Xitoy dengizidagi harakatlari tufayli ikki davlat o‘rtasida urush boshlanishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.

Reyter xabariga ko‘ra, Shenli AQShni Janubiy Xitoy dengizida "provakatsion va xavfli" harakatlar sodir etayotganlikda ayblagan va bu oxir-oqibat urush bilan yakunlanishi mumkinligi haqida aytib o‘tgan.

U amerikaliklar qo‘llayotgan taktika voqealar rivojining nazoratdan chiqish xavfini oshirishi haqida gapirgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish