16:49 / 31.10.2015
3542

Isroil harbiylari Misrga halokatga uchragan samolyotni qidirish ishlarida ko‘maklashdi

Isroil harbiylari Sinay yarimorolida halokatga uchragan Rossiya samolyotini qidirish ishlarida ishtirok etdi, deya xabar bermoqda “Interfaks”.
“Isroil harbiylari Misrga yo‘qolgan samolyotni havodan qidirishga ko‘maklashib, o‘z qo‘shnilariga qo‘shimcha yordamlarini taklif etmoqda”, - deya ma'lum qildi Isroil mudofaa armiyasi vakili Petr Lerner.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 31 oktabr kuni Misr vaqti bilan 6:51 da (Toshkent vaqti bilan 9:51) Rossiyaning "Kogalimavia" aviakompaniyasiga tegishli Sharm ash-Shayx — Sankt-Peterburg yo‘nalishi bo‘yicha 9268 reysini amalga oshirayotgan Airbus-321 layneri parvozga ko‘tarilgandan 23 daqiqa o‘tib radarlar ekranidan yo‘qoldi. Mazkur samolyot bortida 217 nafar yo‘lovchi va yetti nafar ekipaj a'zosi bo‘lgan.

Top