Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin 1 noyabrni Rossiyada motam kuni deb e'lon qildi
Prezident Vladimir Putin Misrda halokatga uchragan Rossiya samolyoti sabab 1 noyabrni mamlakatda motam kuni, deb e'lon qildi. Mamlakat rahbari shu mazmundagi qarorga imzo chekdi, deb xabar qilmoqda Kreml rasmiy sayti.
Putin Rossiyaning barcha hududlarida davlat bayrog‘ining tushirib qo‘yilishi haqda ko‘rsatma bergan.
U, shuningdek, madaniyat muassasalari va teleradiokompaniyalarga 1 noyabr kuni ko‘ngilochar dasturlar namoyish etilmasligini tavsiya etgan. Prezident, shu bilan birga, falokatda halok bo‘lganlarning yaqinlariga tegishli davlat idoralari bilan hamkorlikda zarur yordam ko‘rsatilishiga alohida ahamiyat berilishini aytib o‘tgan.
Rossiya prezidenti yana bir bor halok bo‘lganlarning yainlariga o‘z hamdardligini bildirib o‘tgan.