00:15 / 01.11.2015
3696

Bir qator aviakompaniyalar 31 oktabr voqeasidan so‘ng Sinayga parvozlarini bekor qilishdi

Bir qator aviakompaniyalar, jumladan, Fransiyaning Air France va Germaniyaning Lufthansa aviakompaniyalari 31 oktabr kuni Rossiyaning Airbus 321 avialayneri Misrda halokatga uchragani bois, Sinay yarim oroliga bo‘ladigan parvozlarni bekor qildi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda. 

Eslatib o‘tamiz, Sharm ash Shayxdan Sankt-Peterburgga qarab uchgan Rossiya havo layneri 31 oktabr kuni halokatga uchradi. Natijada samolyot bortidagi barcha yo‘lovchilar halok bo‘ldi. Shu munosabat bilan Rossiyada 1 noyabr kuni motam kuni deb e'lon qilindi.

Top