Misrda halokatga uchragan Rossiyaning Airbus 321 samolyotida 4 nafar Ukraina fuqarosi bo‘lgan. Bu haqda «112 Ukraina» telekanali Ukraina tashqi ishlar vaziri Pavel Klimkinning ma'lumotiga iqtibos keltirgan holda ma'lum qildi.
“Odamlarning o‘limi – juda azobli. Yurtdoshlaringning o‘limi esa ikki barobar azobli. Samolyot bortida 4 nafar ukrainalik bo‘lgan: V.Sachuk, L.Movchanova, I.Usatova, K.Usatov”, deb aytdi Pavel Klimkin.
Avvalroq Ukraina bosh vaziri Arseniy Yatsenyuk Ukraina Tashqi ishlar vazirligiga Misrda qulagan samlyotda ukrainaliklar bor-yo‘qligini tekshirish vazifasini yuklagan edi. Avvalroq samolyotda 3 nafar ukrainalik bo‘lgani haqida ma'lumot berilgan.