10:25 / 01.11.2015
3136

Momaqaldiroq va toshqin oqibatida Texasda 5 kishi halok bo‘ldi

Texasda yuz bergan momaqaldiroq va toshqin oqibatida halok bo‘lganlarning soni 5 nafarga yetdi. Bu haqda Xyuston shahri ma'muriyati xabar bermoqda.
30 oktabr, juma kuni ikki nafar odamning halok bo‘lganligi ma'lum qilingan edi. Qolgan uch nafar odamning jasadi “toshqin natijasida suv bilan qoplangan vayronalar ostidan olib chiqilgan”, deb ma'lum qilmoqda Xyuston shahar ma'muriyati vakili Maykl Uolter.
AQSh meteorologiya xizmatining xabar berishicha, uchta tornado Brazoriya va Xarris shaharlaridagi aholi yashash punktlarini qamrab olgan. Tabiiy ofat 30 ta turar-joyni vayron qilgan.
Xyustonda noqulay kelgan oba-havo sabab bir qancha jamoatchilik transportlari vaqtinchalik to‘xtatib qo‘yilgan.
"Ko‘plab yo‘llar suv ostida qoldi, daryo o‘z o‘zangidan qirg‘oqlarga toshib chiqdi va shaharning aksari hududlariga yoyildi”, - deb ma'lumot berdi AQSh meteorologiya xizmati vakili Patrik Blad.

Top