06:39 / 01.11.2015
3075

Xitoyda 18,9 mlrd dollarlik Xenan-Xubey-Chuntsin yuqori tezlikdagi temir yo‘l magistrali qurila boshlandi

31 oktabrda Xitoyda tantanali ravishda Xenan va Xubey viloyatlarini bog‘lovchi yuqori tezlikdagi temir yo‘l magistralining birinchi qismi qurilishi boshlandi. Sinxua agentligining ma'lum qilishicha, loyihaning umumiy qiymati 120 mlrd yuanni (18,9 mlrd dollarni) tashkil qiladi.

Qurilish Xenan viloyatidagi Pindinshan shahrida boshlandi. Magistralning umumiy uzunligi 818 km ni tashkil qiladi. U Xenan viloyati ma'muriy markazi hisoblangan Chjenchjou shahrini Xubey viloyatining ma'muriy markazi Chuntsin shahri bilan bog‘laydi.

Poyezd harakatlarining tezligi 350 km/soatni tashkil qiladi va bu hozirda ushbu yo‘lga sarflanadigan 17 soatni 4 soatgacha qisqartirishga imkon beradi.

Top