12:10 / 02.11.2015
3741

AQShda taniqli aktyor va sobiq senator Fred Tompson vafot etdi

1 noyabr kuni AQShning Tennessi shtati, Neshville shahridagi uyida taniqli aktyor Fred Dalton Tompson 74 yoshida olamdan o‘tdi. U o‘z vaqtida respublikachilar partiyasidan senator bo‘lgandi.

Fred Tompson ilk marta 1987 yilda "Chiqish yo‘li yo‘q" filmida MRB direktori rolini ijro etish orqali kinoixlosmandlarga tanilgandi. Keyinroq, u "Qattiq yong‘oq 2" filmida aeroport direktorini ijro etdi, bir necha yil o‘tgach, "Qonun va tartib" serialida chiqish qildi.

Uning kinoarxivida turli kartina va seriallarda ijro etilgan 20dan ortiq rol mavjud.

Uning siyosiy faoliyati yanada yorqinroq kechgan.

1994 yilda u Tennessi shtatidan senator sifatida saylangan va bu lavozimida 2003 yilgacha muvaffaqiyat bilan ish olib borgan.

U 2007 yilda AQSh prezidentligi uchun saylovlarda ishtirok etish istagi haqida bildirgandi, lekin uning saylovoldi kampaniyasi yetarli imzolarni to‘play olmadi va u 2008 yilning yanvarida saylovda ishtirok etmasligini ma'lum qildi.

Fred Tompson 2 marta uylangan, har bir nikohidan 2 nafardan farzand orttirgan.

Uning o‘limiga saraton xastaligi sabab bo‘lgani aytilgan. U bu xastalik bilan 10 yil davomida kurash olib borgan.

Top