16:28 / 02.11.2015
5019

Babayan terma jamoaning KXDR va Yamanga qarshi o‘yinlari uchun kengaytirilgan tarkibga Hamdamov va Hamrobekovni ham kiritdi

O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan Jahon chempionati-2018 ikkinchi saralash bosqichi doirasidagi navbatdagi ikki uchrashuv uchun kengaytirilgan tarkibni ma'lum qildi. Bu haqda O‘FF matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.

Kengaytirilgan tarkibdan 27 nafar futbolchi o‘rin olgan. Jumladan bu safargi yig‘inlarga «Bunyodkor» vingeri Dostonbek Hamdamov va «Nasaf» yarimhimoyachisi Odilbek Hamrobekov ham chaqirilishgan.

Shuningdek, yig‘inga «Paxtakor» himoyachisi Kamoliddin Tojiyev, «Lokomotiv» himoyachisi Boburbek Yo‘ldoshevlar ham jalb qilingan. Bahraynga qarshi uchrashuvda terma jamoaga yordam bera olmagan Aleksandr Geynrix bu safar yana terma jamoadan chaqiruv olgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionati-2018 ikkinchi saralash bosqichi 6-turi doirasida Toshkentdagi "Paxtakor" markaziy stadionida KXDRga qarshi maydonga tushadi. Ushbu uchrashuv 18:00da start oladi. 7-turda esa Yamanga qarshi safarda o‘yin o‘tkazadi.

Quyida ushbu ikki o‘yin uchun milliy terma jamoa murabbiylar shtabi tomonidan jalb etilgan futbolchilar ro‘yxatini keltirib o‘tamiz.

Darvozabonlar
1. Aleksandr Lobanov 04.01.1986 “Paxtakor”
2. Eldor Suyunov 12.04.1991 “Nasaf”
3. Ignatiy Nesterov 20.06.1983 “Lokomotiv”

Himoyachilar
4. Davron Xoshimov 24.11.1992 “Paxtakor”
5. Yegor Krimets 27.01.1992 “Paxtakor”
6. Anzur Ismoilov 21.04.1985 “Changchun Yatay” (Xitoy)
7. Islom To‘xtaxo‘jayev 30.10.1989 “Lokomotiv”
8. Kamoliddin Tojiyev 03.05.1983 “Paxtakor”
9. Vitaliy Denisov 23.02.1987 “Lokomotiv” (Rossiya)
10. Boburbek Yo‘ldoshev 08.04.1993 “Lokomotiv ”

Yarim himoyachilar
11. Odil Ahmedov 25.11.1987 “Krasnodar” (Rossiya)
12. Server Jyeparov 03.10.1982 “Ulsan” (Janubiy Koreya)
13. Aziz Haydarov 08.07.1985 “Ash-Shabob” (BAA)
14. Fozil Musayev 02.01.1989 “Sepahon” (Eron)
15. Sardor Rashidov 14.06.1991 “Al-Jayish”
16. Sanjar Tursunov 29.12.1986 “Vorskla” (Ukraina)
17. Stanislav Andreyev 06.05.1988 “Paxtakor”
18. Javohir Sohibov 01.03.1995 “Paxtakor”
19. Jasur Hasanov 02.08.1983 “Lokomotiv”
20. Sanjar Shoahmedov 23.09.1990 “Lokomotiv”
21. Doston Hamdamov 24.07.1996 “Bunyodkor”
22. Odiljon Hamrobekov 13.02.1996 “Nasaf”

Hujumchilar
23. Marat Bikmayev 01.01.1986 “Lokomotiv”
24. Igor Sergeyev 30.04.1993 “Paxtakor”
25. Eldor Shomurodov 29.06.1995 “Bunyodkor”
26. Aleksandr Geynrix 06.10.1984 “O‘rdaboshi” (Qozog‘iston)
27. Ilhom Shomurodov 28.03.1984 “Nasaf”

Top