20:30 / 02.11.2015
7219

KUN.UZ dayjesti: 2 noyabr, O‘zbekiston xabarlari

Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 2 noyabr kuni ro‘y bergan eng asosiy yangiliklarni takroran havola etamiz.

O‘zbekiston tadbirkorlik faoliyatini yuritish bo‘yicha dunyo mamlakatlari o‘ntaligiga kirdi>>

O‘zbekiston 189 mamlakat o‘rtasida 87-o‘ringa ko‘tarilib, tadbirkorlik faoliyatini boshqarish bo‘yicha yetakchi davlatlar o‘nligiga kirdi. So‘nggi yillarda mamlakatimiz tadbirkorlik muhitida 10 indikatorning 3tasi bo‘yicha ijobiy o‘zgarishlar qayd etildi. 

O‘zbekistonda alkogol va tamaki mahsulotlari targ‘iboti uchun javobgarlik joriy qilinadi>>

O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida XDP fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda bir qator muhim qonun loyihalari ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston TIV delegatsiyasi siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi raundida qatnashish uchun Gruziyaga yo‘l oldi>>

O‘zbekiston Respublikasi va Gruziya tashqi ishlar vazirliklari delegatsiyalari ikki tomonlama siyosiy maslahatlashuvlarining navbatdagi raundi bo‘lib o‘tadi.

“O‘zbekenergo” AJ Call-markaz xizmatini ishga tushirdi>>

“O‘zbekenergo” AJ 2015 yil 2 noyabrdan O‘zbekiston energiya tizimining Call-markaz xizmati ishga tushirilganini e'lon qildi. 

Namanganda “O‘zbekiston islom harakati” targ‘ibotchilari ustidan sud yakunlandi>>

Namangan viloyat sudi “O‘zbekiston islom harakati” ekstremistik guruhining 4 nafar a'zosining ishini ko‘rib chiqishni yakunladi. Bu haqda “Diyonat” gazetasi xabar bermoqda.

Italiya Tashqi ishlar va xalqaro hamkorlik vazirligi bosh kotibi Toshkentga keldi>>

2 noyabr kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov mamlakatimizga tashrif buyurgan Italiya Respublikasining Tashqi ishlar va xalqaro hamkorlik vazirligi bosh kotibi Mikele Valensizeni qabul qildi.

O‘zbekiston dunyoning ravnaq topayotgan davlatlari reytingida 57-o‘rinni saqlab qoldi>>

O‘zbekiston Legatum Institute tomonidan tuzib boriladigan dunyoning farovon davlatlari reytingida 57-o‘rinni saqlab qoldi.

“O‘zbekko‘mir” AJ: Ko‘mir ta'minotida muammo bo‘lmaydi>>

O‘zbekiston prezidentining joriy yilning 7 iyuldagi Respublika iqtisodiyoti va ijtimoiy tarmoqlarini 2015-2016 yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni ta'minlash kompleks chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarori ijrosi doirasida Farg‘ona viloyatida ham kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

2015 yilning uch choragida 45ta yangi yo‘lovchi tashish yo‘nalishi ochildi>>

Avtomobil va daryo transporti agentligining ma'lum qilishicha, ularning deyarli barchasi ochiq tender savdolari orqali joylashtirildi.

O‘zbekistonda 2016 yil uchun ish vaqti hisoblab chiqildi>>

O‘zbekiston Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi ish jarayonida foydalanish uchun yillik ish vaqti fondi hisobi bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqdi.

Navoiyliklar 2015-2016 yil kuz-qish mavsumida tabiiy gaz bo‘lmasligidan ogohlantirildi>>

Feysbukdagi “Jamoatchilik nazorati” guruhiga foydalanuvchilardan biri Navoiyda fuqarolarga kelgan bildirishnoma suratini joylashtirdi. 

OAV: Samarqand shifoxonalari qish mavsumiga tayyormi?>>

Samarqand shahrida joylashgan tibbiyot muassasalarini qish sovuqlarga tayyorlash bo‘yicha viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi ishlab chiqib, hokimiyat tasdiqlagan tadbirlar rejasi deyarli amalga oshirib bo‘lindi. 

Qashqadaryoda ayni paytga qadar 40 ming tonnadan ortiq qishloq xo‘jaligi mahsulotlari zaxiraga jamg‘arildi>>

Qashqadaryo viloyatida qish va bahor oylari uchun 8 ming 800 tonna qishloq xo‘jaligi mahsulotlari jamg‘arish va saqlash “O‘zulgurjisavdoinvest” uyushmasining hududiy savdo bazalari zimmasiga yuklangan.

Bekobodda “IShID fitnasi” kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi>>

Toshkent viloyatining Bekobod shahri hokimligida O‘zbekiston Musulmonlar idorasi mas'ul xodimlari, yoshlar, mutasaddi tashkilolar vakillari hamda mahalla faollari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi "Shayx Zayniddin" jome masjidi matbuot xizmati.

O‘zbekiston vakillari Dohadagi yengil atletika bo‘yicha jahon chempionatida 4ta medalni qo‘lga kiritishdi>>

Musobaqaning so‘nggi kuni o‘zbekistonlik paralimpiya sportchilari yengil atletika bo‘yicha jahon chempionatida 4x100m estafeta bahslarida 43.71 natija bilan kumush medalni qo‘lga kiritishdi.

Top