19:06 / 02.11.2015
3655

Qozog‘iston politsiyasi qoidabuzar haydovchilarga kuch ishlatish imkoniga ega bo‘ldi

Qozog‘istonda huquq-tartibot organlari xodimlariga qoida buzgan haydovchilarga nisbatan kuch ishlatish huquqi berildi.

Mamlakat qonunchiligiga kiritilgan o‘zgarishlarga ko‘ra, huquq-tartibot organlari xodimlari agarda haydovchi ularning to‘xtash to‘g‘risidagi qonuniy buyrug‘iga bo‘ysunishni istamasa, bronlangan mashina yoki boshqa transport vositalari yordamida uni avtomobiliga shikast yetkazgan holda to‘xtatish huquqiga ega.

Shuningdek, mazkur modda yo‘l harakati qoidalarini buzgan fuqarolarga nisbatan yo‘l politsiyasiga jismoniy kuch ishlatish, bunda rezina to‘qmoq, ko‘zdan yosh chiqaruvchi moddalar va boshqa maxsus qurollardan foydalanish imkonini beradi.
Mazkur o‘zgarishlarni ko‘zda tutgan qonun mamlakatda 10 noyabrdan kuchga kiradi.

Top