08:12 / 03.11.2015
1897

Chikagoda 27 kishi maktab avtobusi bilan yuz bergan YTHda jabrlandi

Chikagoda maktab avtobusi yo‘l chetiga chiqib ketib, temir yo‘l izlari bo‘yidagi tepalikka borib urildi, deb yozmoqda Chicago Sun-Times nashri.

Buning oqibatida 27 kishi jarohat oldi va shifoxonalarga olib ketildi. Ularning ahvollari normal deb baholanmoqda.

Tezkor xizmatlar voqea sabablarini aniqlashtirmoqdalar.

Maktab avtobuslari xavfsizlikning barcha talablari hisobga olingan holda loyihalandi. O‘tgan haftada shunday avtobuslardan biri yengil avtomobil bilan to‘qnashib, ag‘anishi oqibatida yo‘lovchilardan hech kim jiddiy jarohat olmagan edi.

Top