Pokistonning Allama Iqbol xalqaro aeroportiga samolyotning majburiy qo‘nishni amalga oshirishi natijasida 10 nafar yo‘lovchi jarohat oldi. Bu haqda aeroport ma'muriyati ma'lumotiga asoslanib, Dawn mahalliy gazetasi xabar bermoqda.
Karachi-Lahordan uchgan "Shahin eyr" aviakompaniyasining Boeing 737 samolyoti bortida 112 nafar yo‘lovchi hamda 7 nafar ekipaj a'zosi bo‘lgan. Dispetcherning ma'lumotiga ko‘ra, qo‘nish vaqtida uchuvchi shossening sifatsizligidan shikoyat qilgan. Samolyot qo‘ngach, g‘ildiraklaridan biridagi shina yirtilib ketgan. Natijada samolyot yoniga ag‘darilib, katta tezlikda o‘chish-qo‘nish yo‘lagida sirg‘algan.
Samolyot yo‘lovchilari evakuatsiya qilingan. Jarohat olgan 10 kishi esa shifoxonaga yotqizilgan.