09:23 / 04.11.2015
1880

Indoneziya hukumati vulqon faollashishi tufayli Bali orolidagi aeroportni yopdi

Indoneziya hukumati sayyohlar ko‘p tashrif buyuradigan Bali orolida joylashgan xalqaro aeroportni Lombok orolida Rinjani vulqonida faollik kuzatilayotgani tufayli yopishga qaror qildi. Milliy meteorologiya xizmatida ma'lum qilinishicha, vulqon ustida kul ustuni paydo bo‘lgan.

Qayd etilishicha, qo‘llangan choralar, xususan aeroportning yopilishi 5 noyabrgacha amal qiladi. Shundan keyingi harakatlar voqealar rivojiga ko‘ra belgilanadi.

"Kul ustuni yanada yuqori o‘rlashi ehtimoli bor", deydi tahlilchi.

Shu yilning iyulida Yava orolidagi vulqonning faollashuvi tufayli Indoneziyadagi ko‘plab aeroportlarda harakat to‘xtab qolgandi. Bali orolining o‘zida 1 hafta ichida 900dan ortiq reyslar bekor qilingan.

Top