Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jamiyat | 15:48 / 04.11.2015
3216
1 daqiqa o‘qiladi
Qirg‘iziston parlamenti spikeri etib Asilbek Jeenbekov saylandi
4 noyabr kuni Qirg‘iziston parlamenti spikeri etib Asilbek Jeenbekov saylandi. Bu haqdagi qaror deputatlar tomonidan navbatdagi yig‘ilishda qabul qilindi.
“Jeenbekov nomzodiga 114 deputat ovoz berdi, 4 kishi qarshi chiqdi”, - dedi hisob-kitob komissiyasi vakillari.
Jeenbekov nomzodi parlamentda ko‘pchilikni tashkil etuvchi fraksiyalar koalitsiyasi tomonidan ko‘rsatildi.