Jahon | 14:13 / 04.11.2015
4980
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyaning “Vitse-admiral Kulakov” harbiy kemasi O‘rta Yer dengiziga kirdi

Rossiya Shimoliy flotining “Vitse-admiral Kulakov” harbiy kemasi O‘rta Yer dengiziga kirdi. Bu haqda flot matbuot kotibi kapitan Vadim Serga xabar berdi.
“Shimoliy flotning qayiqlarga qarshi “Vitse-admiral Kulakov” katta harbiy kemasi Gibraltar bo‘g‘ozining eng tor joyidan o‘tishni tugatdi O‘rta Yer dengiziga kirdi”, - uning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti.

Serganing ta'kidlashicha, kemada Xalq birligi kuni munosabati bilan tantanalar uyushtirilgan, shuningdek, ekipaj a'zolari bilan Minin va Pojarskiy boshchiligidagi xalq ko‘ngillilari tarixi yuzasidan dars mashg‘ulotlari o‘tkazilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish